Jamol Khashoggi
Jamol Ahmad Xashoggi (/kəˈʃoʊɡdʒi, kəˈʃɒɡdʒi/ ; arabcha: جمال أحمد خاشقجي, [dʒaˈmaːl xaːˈʃʊɡ.(d)ʒi]; 1958-yilning 13-oktyabrida tugʻilib, 2018-yilning 2-oktyabrida vafot etgan) saudiyalik jurnalist, dissident, ayrim kitoblar muallifi, Middle East Eye va The Washington Post gazetalari sharhlovchisi va Al-Arab News kanalining bosh menejeri va bosh muharriri Saudiya konsulligida 2018-yil 2-oktabr kuni Istanbulda Saudiya Arabistoni hukumati agentlari tomonidan valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonning buyrugʻi bilan oʻldirilgan.[1][2][3][4]
Xashoggi Saudiya Arabistonining "Al Vatan" gazetasida muharrir boʻlib ishlagan va uni Saudiyalik faollar uchun platformaga aylantirgan.[5] Xashoggii 2017-yilning sentabr oyiida Saudiya Arabistonidan qochib ketgan va oʻz-oʻzini surgun qilgan. Uning aytishicha, Saudiya hukumati uni „Twitter“dan bloklagan[6] va keyinchalik Xashoggi Saudiya hukumatini tanqid qiluvchi gazeta maqolalari yozgan. Xashoggi Saudiya hukmdorlari boʻlmish qirol Salmon va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonni keskin tanqid qilgan.[7] Shuningdek, u Saudiya Arabistonining Yamanga aralashuviga ham qarshi chiqqan.[8]
2018-yilning 2-oktabr kuni Xashoggi boʻlajak nikohiga oid hujjatlarni olish uchun Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligiga kirgan, ammo hech qachon chiqib ketmagan. Uning oʻldirilgani va ichkarida qismlarga boʻlingani haqidagi turli xabarlar ortidan 15-oktabr kuni Saudiya Arabistoni va Turkiya rasmiylari tomonidan konsullikda tintuv ishlari oʻtkazildi. Avvaliga Saudiya hukumati Xashoggi oʻlimini rad etdi, ammo unining oʻlimi boʻyicha turli oʻzgaruvchan izohlardan soʻng Saudiya Arabistoni bosh prokurori oxir-oqibat qotillik qasddan qilinganligini aytdi.[9][10] 2018-yilning 16-noyabriga kelib, Markaziy razvedka boshqarmasi (CIA) Muhammad bin Salmon Xashoggini oʻldirishga buyruq bergan degan xulosaga keldi.[11][12] Qotillik bilan bogʻliq mojarolar AQSh va Saudiya Arabistoni oʻrtasida keskinlikni keltirib chiqardi, jumladan, AQSh Saudiya qirollik bilan diplomatik aloqalarni uzishga chaqirdi.
2018-yilning 11-dekabr kuni Jamol Xashoggi oʻz faoliyati uchun siyosiy taʼqibga uchragan boshqa jurnalistlar qatori jurnalistikadagi faoliyati uchun Time jurnali tomonidan yilning eng yaxshi odami deb topildi. Time Xashoggini „Haqiqat qoʻriqchisi“ deb atagan.[13][14][15]
Hayotning boshlangʻich davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamol Ahmad Xashoggi 1958-yil 13-oktabrda Madina shahrida tugʻilgan[16][17] Uning bobosi Muhammad Qoshiqchi boʻlgan.[18] U Adnan Xashoggining jiyani[19][20] va Dodi Fayedning birinchi amakivachchasi bo'lgan.[21]
Xashoggi boshlangʻich va oʻrta taʼlimni Saudiya Arabistonida olgan va 1982-yilda AQShning Indiana shtati universitetida Biznes Boshqaruvi yoʻnalishidan bakalavr darajasini olgan.[3][22]
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamol Xashoggi oʻz faoliyatini 1983-1984 yillarda Tihama kitob doʻkonlarida mintaqaviy menejer sifatida boshlagan.[23] Keyinchalik Saudiya gazetasida muxbir va 1985-1987-yillarda esa Okazda menejer yordamchisi sifatida ishlagan.[23] U 1987-yildan 1990-yilgacha turli kundalik va haftalik arab gazetalarida, jumladan, „Asharq al-Awsat“, "Al Majalla" va "Al Muslimoon" gazetalarida muxbir sifatida faoliyatini davom ettirdi.[3][23] U, shuningdek, Saudiya Arabistoni razvedka boshqarmasida xizmat qilgan va ehtimol, Afgʻonistonga Sovet qoʻshinlari bostirib kirishi paytida Qoʻshma Shtatlar bilan birga ishlagan.[24]
Xashoggi 1991-yilda "Al Madina" gazetasining bosh muharriri va bosh muharriri vazifasini bajaruvchi boʻldi va uning bu lavozimdagi faoliyati 1999-yilgacha davom etgan.[23] Bu davrda Afgʻoniston, Jazoir, Quvayt, Sudan va Yaqin Sharq kabi mamlakatlarda xorijiy muxbir boʻlgan. [3] Keyin u Arab News bosh muharriri oʻrinbosari etib tayinlandi va u yerda 1999-yildan 200-yilgacha ushbu lavozimda ishlagan.[26]
Siyosiy qarashlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xashoggi 2018-yilning 3-aprel kuni "Post" ruknida, Saudiya Arabistoni „hukumat qattiq vahhobiylik anʼanalarini cheklab qoʻygan 1979-yildan oldingi holatga qaytishi kerak“, deb yozgan edi. Bugungi kunda ayollar erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, barcha fuqarolar qamoqdan qoʻrqmasdan oʻz fikrini aytish huquqiga ega boʻlishi kerak" [27] hamda, u Saudiya Arabistoni „ dunyoviylik va islomni oʻz ichiga oladigan biror yoʻlni topishi kerak, huddi Turkiyada boʻlgani kabi“ degan fikrlarni bildirgan.[28] Oʻlimidan soʻng (2018-yil 17-oktabr), "Arab dunyosiga eng koʻp kerak boʻlgan narsa bu fikr erkinligi " deb nomlangan maqolasida Xashoggi " Arab bahori " davrida arab dunyosi matbuot erkinligiga boʻlgan umidlari va milliy hukumatdan mustaqil boʻlgan arab dunyosi matbuot erkinligiga erishishi, rivojlanishi va „arab dunyosidagi oddiy odamlar oʻz jamiyatlari duch keladigan tarkibiy muammolarni hal qila olishlari kerak“ kerak degan firklarni bildirgan.
Xabarda, Xashoggi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi Qatarga qarshi blokadani,[29] Saudiya Arabistonining Livan[30] va Kanada bilan diplomatik nizolari,[31] hamda Qirollikning norozilik va ommaviy axborot vositalarini taʼqib qilishinishini tanqid qilgan.[32] Xashoggi valiahd Shahzodaning baʼzi islohotlarini qoʻllab-quvvatladi, misol uchun ayollarga mashina haydashga ruxsat berilishi,[33] ammo u Saudiya Arabistonini „Top 100 eng kuchli Arab ayollari 2015“ roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallagan Lujain al-Xatloul, Eman Al-Nafjan, Aziza Al-Yusuf, va boshqa bir qancha ayollar huquqlari himoyachilari, ayollarni mashina haydash harakati va erkaklarga qarshi vasiylik kampaniyasida ishtirok etigan bir qancha ayollarni hibsga olishini qoraladi.[29]
Shuningdek
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Saudiya Arabistonida inson huquqlari buzillishi:
- Malika Javoher, Sahar, Hala va Maha – Saudiya Arabistoni malikalari uy qamogʻida
- Shayx Boqir an-Nimr – Qatifda tartibsizliklarni boshlagani uchun qatl etilgan dissident ruhoniy
- Saudiya Arabistonining Yamanga aralashuvi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Kirkpatrick, David D.; Schmitt, Eric; Barnes, Julian E.. „'Tell your boss': Recording is seen to link Saudi crown prince more strongly to Khashoggi killing“. The New York Times (2018-yil 12-noyabr). 2018-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-noyabr.
- ↑ „Jamal Khashoggi: An unauthorized Turkey source says journalist was murdered in Saudi consulate“. BBC News (2018-yil 7-oktyabr). 2018-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 12-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Speakers“. International Public Relations Association – Gulf Chapter (IPRA-GC) (2012). 2012-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-may.
- ↑ „Khashoggi Was No Critic of Saudi Regime“ (2018-yil 15-oktyabr). 2019-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-mart.
- ↑ Hendley, Paul. „Saudi newspaper head resigns after run-in with conservatives“. Al Hdhod (2010-yil 17-may). 2018-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Saudi Arabia wasn't always this repressive. Now it's unbearable.“. The Washington Post. 2018-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Jamal Khashoggi: An unauthorized Turkey source says journalist was murdered in Saudi consulate“. BBC News (2018-yil 7-oktyabr). 2018-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-oktyabr.
- ↑ „Turkey says journalist Khashoggi 'killed at Saudi consulate'“. France 24 (2018-yil 7-oktyabr). 2018-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 7-oktyabr.
- ↑ Batrawy, Aya; Torchia, Christopher. „Saudi Arabia again changes its story on Khashoggi killing“. AP NEWS (2018-yil 25-oktyabr). 2018-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-dekabr.
- ↑ Stancati, Margherita; Said, Summer. „Saudi Arabia Says Evidence Points to Premeditated Killing of Khashoggi“. The Wall Street Journal (2018-yil 25-oktyabr). 2018-yil 16-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-dekabr.
- ↑ Shane Harris; Greg Miller; Josh Dawsey. „CIA concludes Saudi crown prince ordered Jamal Khashoggi's assassination“. The Washington Post (2018-yil 16-noyabr). 2018-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-noyabr.
- ↑ Schmitt, Eric; Fandos, Nicholas. „Saudi Prince 'Complicit' in Khashoggi's Murder, Senators Say After C.I.A. Briefing“. The New York Times (2018-yil 4-dekabr). 2018-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-dekabr.
- ↑ Haag. „Time Names Person of the Year for 2018: Jamal Khashoggi and Other Journalists“. The New York Times (2018-yil 11-dekabr). 2018-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
- ↑ „Time Person of the Year: 'The Guardians and the War on Truth' - CNN“. CNN. 2018-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
- ↑ „Time Person of the Year is 'The Guardians' in 2018, including slain journalist Jamal Khashoggi - the Washington Post“. The Washington Post. 2018-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-dekabr.
- ↑ Black, Ian. „Jamal Khashoggi obituary“. The Guardian (2018-yil 19-oktyabr). 2019-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 13-oktyabr.
- ↑ Rugman, Jonathan. The killing in the consulate : investigating the life and death of Jamal Khashoggi, London, October 2019. ISBN 978-1-4711-8475-8. OCLC 1121616425.
- ↑ Kessler, Ronald (1987), Khashoggi: the rise and fall of the world's richest man, Corgi, 41-bet, ISBN 978-0552130608
- ↑ Hubbard, Ben; Kirkpatrick, David D.. „For Khashoggi, a tangled mix of royal service and Islamist sympathies“. The New York Times (2001-yil 11-sentyabr). 2018-yil 17-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-oktyabr.
- ↑ Smith, Gina. „Donald Trump once bought a $200M yacht from Jamal Khashoggi's famed arms dealer uncle“. 2018-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-oktyabr.
- ↑ Ant, Onur. „Khashoggi's Name Runs Through Middle East History“. Bloomberg L.P. (2018-yil 17-oktyabr). 2019-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyun.
- ↑ „Jamal Khashoggi“. someconference.com. 2012-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-may.
- ↑ 23,0 23,1 23,2 23,3 „Jamal Khashoggi“. World Economic Forum. 2018-yil 18-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-iyul.
- ↑ „Saudi Al Watan editor sacked for the second time“. Saudi Information Agency. 2012-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-may.
- ↑ „Mohammed bin Salman's Saudi Arabia: A Deeper Look“. Flickr. 2019-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Q & A with Al Watan's Jamal Khashoggi“. Asharq Alawsat (2007-yil 25-aprel). 2013-yil 16-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-aprel.
- ↑ „Read Jamal Khashoggi's columns for The Washington Post“. The Washington Post (2018-yil 6-oktyabr). 2018-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-oktyabr.
- ↑ Bergen, Peter. „Jamal Khashoggi was a journalist, not a jihadist“. CNN (2018-yil 22-oktyabr). 2018-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 22-oktyabr.
- ↑ 29,0 29,1 „Read Jamal Khashoggi's columns for The Washington Post“. The Washington Post (2018-yil 6-oktyabr). 2018-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 13-oktyabr.
- ↑ Khashoggi, Jamal. „Saudi Arabia is creating a total mess in Lebanon“. The Washington Post (2017-yil 13-noyabr). 2018-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ Khashoggi, Jamal. „Saudi Arabia cannot afford to pick fights with Canada“. The Washington Post (2018-yil 7-avgust). 2018-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
- ↑ „Turkish police believe Khashoggi killed inside Saudi consulate“. Al Jazeera (2018-yil 7-oktyabr). 2018-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 11-oktyabr.
- ↑ Ignatius, David. „Jamal Khashoggi's long road to the doors of the Saudi consulate“. The Washington Post (2018-yil 12-oktyabr). 2018-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-oktyabr.